Post of Kompyuter Dasturlari 2021-07-02 17:23:55

Yana Zapret Skype VKontakte va yana bir qancha
Forwarded from Kadirov Dev
Yana "Zapret"!

Skype, VKontakte va yana bir qancha servislar bloklandi. Nima emish, ular bizning ism familiyamizni O'zbekiston hududida saqlamas ekan!

Bu bahona bilan istagan servisni yopish mumkin. Keyingisi kim bo'ladi? Google? Youtube? Facebook, yoki Telegram?

"O'zkomnadzor"ning akasi, "Roskomnadzor" huddi shu qonunni chiqargandi, 5 yilcha oldin. Hech narsa qo'lidan kelmadi, biror gigant kompaniya ma'lumotlarini Rossiyaga ko'chirgan emas.

Ko'chirmaydi ham. Yana o'zimizcha hayron qolamiz, "Nega dasturchilarimiz ketib qolayapti?", - deb. Pul uchun emsa do'stlar, O'zbekistonda yaxshigina daromad topish mumkin. Lekin hech kim "Shimoliy Koreya"da yashagisi kelmaydi!

@kadirovDev